13 Sentyabr 2023

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rivojlantirish dasturi imzolandi

Seshanba kuni Seulda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Savdo va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma (Trade and Investment Promotion Framework, TIPF) imzolandi, deb xabar beradi «Gazeta.uz» muxbiri Koreya Respublikasi Sanoat, savdo va energetika vazirligiga tayanib.

Hujjatni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamrayev va Janubiy Koreya sanoat, savdo va energetika vaziri o‘rinbosari Chon Te Chjin imzoladi.

TIPF yangi mexanizm bo‘lib, u orqali Janubiy Koreya vazirligi yetkazib berish zanjirini rivojlantirish, raqamli va biotexnologiya kabi sohalarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ishonchni mustahkamlash niyatida.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Koreya bilan bunday shartnomani imzolagan birinchi davlat bo‘ldi va umumiy hisobda BAA, Bahrayn, Dominikan Respublikasi, Vengriya, Polsha va Madagaskardan keyin yettinchi mamlakatga aylandi.

“O‘zbekiston molibden zaxiralari bo‘yicha dunyoda 12-o‘rinni va uran zaxiralari bo‘yicha 7-o‘rinni egallaydi va TIPF`ning imzolanishi Koreyaga bo‘lajak yetkazib berish zanjirlarini barqarorlashtirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda”, — deyiladi Janubiy Koreya vazirligi bayonotida.

Imzolash marosimi O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi, unda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidova ham ishtirok etdi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Seulda Janubiy Koreya bosh vaziri Xan Dok Su bilan muzokaralar o‘tkazdi. Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar energetika, infratuzilma, konchilik, mudofaa va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

Baxtiyor Saidov va Koreya tashqi ishlar vaziri Pak Chin ham ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Strategik muloqotni boshlab berdi. “Mazkur platforma mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaqin sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan”, — dedi Baxtiyor Saidov.

Bundan tashqari, u Yashil o‘sish global instituti (GGGI) kengashi raisi, assambleya prezidenti va BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi. “GGGI`ning O‘zbekiston bo‘yicha 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan rejalashtirish strategiyasi” va “2019−2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining „yashil“ iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.