O‘zbekiston O‘zbekiston tibbiyot mahsulotlarining mamlakat bozoridagi ulushini 80 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi UzDaily.uz. Bu haqida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan forumda ma’lum qildi.
Shuningdek, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirilgani, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobar, eksport hajmi esa 5 barobar oshganini ta’kidladi.
«Keyingi yillarda O‘zbekiston o‘simlik xomashyosi asosida 30 ga yaqin original va yuqori samarali farmatsevtika preparatlari yaratildi. Kelgusi yillarda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish va O‘zbekiston tibbiyot mahsulotlarining bozordagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan», — dedi Xurram Teshaboyev.