01 Aprel 2022

O‘zbekiston ikki oyda 252 ming tonna sement import qildi

2022-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 9,7 million dollarga 252,1 ming tonna sement import qildi.

Hisobot davrida respublikaga sement asosan quyidagi davlatlardan import qilindi:

Tojikiston – 125 ming tonna;
Qirg’iziston – 68,3 ming tonna;
Qozog’iston – 57,5 ming tonna;
Eron – 930 tonna;
Rossiya – 138 tonna;
Turkmaniston – 135,8 tonna.