2025-yilda O‘zbekistonga kiritilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi va bu o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga ko‘p, deb xabar bermoqda ‘‘Dunyo’’ axborot ahentligi muxbiri.
O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (MIIT) ma’lumotlariga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar eng katta ulushni tashkil etdi, bu 38,2 milliard dollarni tashkil etdi, shuningdek, xalqaro moliya institutlarining 4,9 milliard dollarlik mablag‘lari ham kiritilgan.
Investitsiyalarga bo‘lgan ishonchning ortib borayotgani yetakchi global brendlarning O’zbekiston bozoriga kirishi va asosiy hamkorlar – Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BAA bilan faol hamkorlik bilan tasdiqlanadi.