[widget id="qtranslate-2"]
13 oktabr 2023

Xitoylik investorlar Andijonda 12 million dollarga muz majmuasini quradi

Xitoylik sarmoyadorlar Andijon viloyatida 12 million dollarlik yopiq muz majmuasini tashkil etishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Spot viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib.

12-oktabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xitoydan kelgan investorlar bilan viloyatda sayyohlik obyekti qurish, shuningdek, qayta ishlangan mevalarni eksport qilish loyihasini muhokama qildi.

Xususan, yopiq muz majmuasini qurish qiymati 12 million dollarga baholangan bo‘lib, uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi.

Turistik sayt hududida 500 ta avtomobil uchun to‘xtash joyi, sport maydonchalari, kinoteatr, restoran va boshqa xizmat ko‘rsatish tadbirlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, muz kurorti yil davomida kuniga 24 soat ishlaydi.

Uchrashuvdan soʻng hokimlik vakillari va xitoylik investorlar Xonobod shahridagi loyihani amalga oshirish mumkin boʻlgan obʼyektlarni koʻzdan kechirdi.