Ozarbayjon poytaxtida ilk bor O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining tashqi savdo maydonchasi ochildi.
Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, Delfin Caspian kompaniyasi yangi tashqi savdo maydonchasi asoschisi boʻldi. U 17-may kuni davlatimiz rahbari bilan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ochildi.
Tashqi savdo maydonchasining asosiy maqsadi birja savdosining bozor mexanizmi imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlar va tovar ishlab chiqaruvchilarning ikki mamlakat tovar bozorlariga oʻzaro kirishiga koʻmaklashishdan iborat. Shunday qilib, hozirgi kunda “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xalqaro savdo tarmog‘ida 21 ta tashqi savdo vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.