02 Mart 2023

Bratislavada O‘zbekiston-Slovakiya savdo-iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullaev Slovakiya Iqtisodiyot vazirligining ikki tomonlama savdo hamkorligi boshqarmasi boshlig‘i Daniela Koladova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Slovakiya tomoni O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini, bundan tashqari, Slovakiya biznes tuzilmalari O‘zbekiston ishbilarmon doiralari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan juda manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Bu boradagi munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida joriy yilda Slovakiya Iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi hamda Savdo va savdo bo‘yicha Iqtisodiy masalalar O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Slovakiya biznes-forumini tashkil etish, yetakchi Slovakiya kompaniyalarini O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etish yuzasidan ham fikr almashildi.