16 Avgust 2023

Bratislavada O‘zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida O’zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo’lib o’tdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati. Tadbirda O‘zbekistonning to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, energetika kabi sohalaridagi qator yetakchi tadbirkorlari ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi aʼzolari va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, jumladan, Slovakiyaning “Eustream”, “Slovnaft”, “Meditop”, “Tatra banka”, “Stredoslovenská energetika Holding” kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, bir qator kelishuvlarga erishildi.

Ta’kidlash joizki, Slovakiya va O‘zbekiston hukumati hamda ishbilarmon doiralarining aniq amaliy natijalarga erishishga va erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Slovakiya sherikligini yanada kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.