13 Iyun 2023

Buxoroda O‘zbekiston-Turkiya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning «Ostim» sanoat zonasi bosh direktori Adem Ariji boshchiligidagi  bir guruh turk kompaniyalari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati. 

Tashrif davomida O‘zbekiston-Turkiya tadbirkorlari o‘rtasida  qurilish, energetika, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalardagi turk ishbilarmon doira vakillari ishtirokida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 

Turk kompaniyalari vakillari o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini va mintaqa iqtisodiyotiga investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar qo‘shma korxonalar tashkil etish, sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Bu tashrif O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo’ldi.