11 Dekabr 2023

Chirchiqda Xitoy bilan hamkorlikda chip ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda

Toshkent viloyati va Dechjou shahri o‘rtasida tuzilgan strategik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqida, viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar beradi.

Unga ko‘ra, 2024-yili Chirchiqda Dechjou texnoparki quriladi. Loyiha mikrochiplar va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati $1 mlrdni tashkil qiladi.

Piskent tumani hokimi Nodir Yakubov Shandun provinsiyasining Bochjou shahrida joylashgan “Gujing” korporatsiyasi bilan muzokara olib bordi va tumanda yetishtirilgan mosh mahsulotini eksport qilishga kelishildi.

Shuningdek, tumani hokimi Nodir Yakubov va Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim qiymati $85 mlnga teng bo‘lgan shartnoma tuzishga kelishib olishdi.