Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban oʻrtasida muloqot boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati.
Yetakchilar do‘stona ruhda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Ko‘p tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.