O‘zbekiston viloyatida xitoylik biznes vakillari ishtirokida bir qator yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Toshkent viloyati hokimligidan ma’lum qilishlaricha, Nurafshon shahri mahalliy hokimiyat vakillaridan iborat delegatsiya Xitoyning eng yirik “Extol Global Capital Pte. Ltd” kompaniyasi rahbariyati va Chjetszyan provinsiyasidan kelgan boshqa investorlar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, viloyatda qurilish materiallari klasterini tashkil etish, shuningdek, “Nurafshon Business City” ishbilarmonlik mavzesida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, turar-joy majmuasi, mehmonxona va restoran barpo etish rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha umumiy qiymati 106 million AQSH dollari boʻlgan yangi investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Erishilgan sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.
Shuningdek, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Olmaliq va Angren kabi shaharlari delegatsiyalari vakillari Xitoyning viloyatlari tadbirkorlari va investorlari bilan muzokaralar olib borgani, natijada yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Foto: Toshkent viloyati hokimligi saytidan