O‘zbekistonda qaysi sohada ko‘proq yangi korxonalar tashkil etildi?
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning umumiy soni 42652 tani tashkil etib, ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha (fermer va dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno) quyidagicha shakllantirilgan:
- savdo sohasida – 14 845;
- sanoatda – 7587 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 6 834 ta;
- turar joy va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 2 466 ta;
- qurilishda – 2236;
- tashish va saqlash vaqtida – 1 307;
- axborot va aloqa – 1121;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 737 ta;
- boshqa tarmoqlarda – 5519 ta.