18 dekabr 2025

Xitoyning Guanchjou shahrida Oʻzbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiya salohiyati taqdimoti boʻlib oʻtdi

Guanchjou Xalqaro savdoni rivojlantirish kengashi (Guanchjou CCPIT) tomonidan tashkil etilgan ‘‘Guanchjou SME Chet elga’’ biznes-forumi doirasida Bosh konsullik mamlakatimizning iqtisodiy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi, deb xabar beradi ‘‘Dunyo’’ axborot agentligi muxbiri.

300 dan ortiq Xitoy kompaniyalari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari, investitsiya jozibadorligi, mintaqalarining sanoat salohiyati, turizm sanoatining imkoniyatlari va erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar va preferensiyalar tizimi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Forum ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning muhimligini ta’kidladilar. Mamlakatning mintaqadagi strategik joylashuvi, investorlar uchun yaratilgan qulay va xavfsiz biznes muhiti va rivojlangan infratuzilmasi Xitoy kompaniyalari uchun katta imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Guanchjou CCPIT raisi o‘rinbosari Chjou Syaofeng bilan muzokaralar davomida amaliy natijalarga erishishga qaratilgan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, biznes vakillarining O‘zbekistonga guruhli tashriflarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.