18 Oktyabr 2023

Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan qator yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari hamda “Markaziy Osiyo – Hindiston” formatida vazirlar uchrashuvini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, ShHT va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorligi masalalari ham oʻrin oldi.