11 Mart 2023

Tashqi ishlar vazirligida Kuvayt Elchisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2023-yil 10-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Al-Jiyron bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tomonlar O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.