04 Iyun 2024

TIVda Saudiya Arabistoni va O‘mon Elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

2024-yilning 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligi va O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari Yusuf al-Utaybiy va Vafo al-Busaidiy bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi, iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar chog‘ida bo‘lajak tashriflar va turli darajadagi qoʻshma tadbirlarning tashkiliy-mazmuniy jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.