05 Aprel 2024

Tashqi ishlar vazirligida Polsha Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Polshaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Radoslav Gruk bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tomonlar O‘zbekiston-Polsha munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali, mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, sayyohlik almashinuvini jadallashtirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.