07 Sentyabr 2023

Tashqi ishlar vazirligida BAA Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Said al-Qamziy bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston-BAA hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi asosiy tadbirlar jadvali kelishib olindi.