28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning Gonkong umumhududiy birlashgan savdo-sanoat assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Fan Szikan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, assotsiatsiyaning O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Farmatsevtika, sanoat, logistika va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish va ishbilarmonlik sherikligini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.