24 mart 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosarining «Itochu Corporation» korporatsiyasi rahbariyati va kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimovning «Itochu Corporation» korporatsiyasi rahbariyati – Shinobu Natsukava va kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Yamoto Ryudji bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Itochu Corporation – 1858-yilda asos solingan Yaponiyaning yirik universal savdo-sanoat korporatsiyasidir. Kompaniya «Fortune Global 500» reytingiga kiradi, dunyoning 61 mamlakatida 90 ga yaqin ofislariga ega va O‘zbekistonda faol loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, Toshkent viloyatida oqova suvlarni tozalash tizimini qurish loyihasi bo‘yicha fikr almashildi. Loyiha parametrlarini optimallashtirish, suv sifati va xizmatlarning iqtisodiy samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirish va ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.