Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Kipr Respublikasi tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan uchrashdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Kipr munosabatlarining bugungi holati, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratildi.
Tomonlar iqtisodiy hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etdilar. Oxirgi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi va qo‘shma korxonalar sonining ortishi kuzatilmoqda. Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni rag‘batlantirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
Ma’lumot uchun: 2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekiston-Kipr o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8 barobar oshdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Kipr sarmoyasi ishtirokida 80 ta, jumladan, 54 ta 100 foizlik Kipr kapitaliga asoslangan korxona faoliyat yuritmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorliklarini tasdiqladilar, shuningdek, oʻzaro savdoni yanada oshirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga kelishdilar.