29 Dekabr 2023

ISSVda Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Italiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Tomonlar joriy hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Italiya biznesining Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqishi ta’kidlandi – soʻnggi yillarda respublikada Italiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni sezilarli darajada oshdi, energetika, metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati kabi yangi yoʻnalishlarda aloqalar oʻrnatildi.

Italiya kompaniyalarini Oʻzbekistonda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida birgalikda ish olib borishning mexanizmlari koʻrib chiqildi.