Navoiy viloyati hokimligida Turkiyaning “Diaclinica” tibbiyot kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Hokimlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, viloyat hokimi Normat Tursunov va Turkiya kompaniyasi rahbari Mehmed Emin o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyatda xalqaro andozalarga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish va bu boradagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Normat Tursunov bu borada har qanday yordam va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida mintaqaning tibbiyot sohasiga turk sarmoyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
«Diaclinica» diagnostika sohasidagi faoliyatini 2002-yilda boshlagan va bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan. 2007-yildan beri kompaniya butun dunyo bo’ylab «Bioanalytes» savdo belgisi ostida yuqori sifatli diagnostika reagentlari va to’plamlarini ishlab chiqaradi va yetkazib beradi.
Ayni paytda korxona Navoiy shahrida o‘z filialini ochgan bo‘lib, markazlashgan laboratoriya yaratish uchun yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni import qilish ishlari boshlab yuborilgan