Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasida Polsha Prezidenti Kantsleriyasining Xalqaro siyosat byurosi rahbari Marsin Pshidacz bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Muzokaralarda Polsha Prezidentining Markaziy Osiyo boʻyicha maslahatchisi Radoslav Gruk ham ishtirok etdi.
Tomonlar Oʻzbekiston mintaqadagi muhim va istiqbolli sherik ekanligini taʼkidlab, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikka kelsak, Marsin Pshidacz Polsha kompaniyalarining Oʻzbekistonda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi.