22 sentabr 2026

Renn shahrida O‘zbekiston kimyo sanoatining yetakchi korxonalari SPACE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar

15–17-sentabr kunlari Renn shahrida O‘zbekiston kimyo sanoatining yetakchi korxonalari SPACE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi doirasida o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.

Ko‘rgazma doirasida Yevropa importchilari va distribyutorlari bilan O‘zbekiston mineral o‘g‘itlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Amaliy natija sifatida “O‘zkimyоimpeks” AJ va Eudaira kompaniyasi o‘rtasida 2026-yil oxirigacha Fransiyaga 10 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib berishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolandi.

Istiqbolda O‘zbekiston mineral o‘g‘itlari eksportini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bosqichma-bosqich 500 mln dollarga yetkazish vazifasi belgilandi.