04 Aprel 2024

Koreya Respublikasida O‘zbekistonning birinchi savdo uyi ro‘yxatga olindi

Janubiy Koreyada O‘zbekistonning birinchi savdo uyi ro‘yxatga olindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Uning doirasida oʻzbek ishlab chiqaruvchilarining keng assortimentdagi mahsulotlari – oziq-ovqat, meva-sabzavot, toʻqimachilik, ipak mahsulotlari, kimyo, kulolchilik va zargarlik buyumlari namoyish etiladigan “koʻrgazma zali” ochilishi rejalashtirilgan.

Savdo uyining vazifalari qatoriga ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va faollashtirish, mamlakatimizning eksport salohiyati va imkoniyatlarini qoʻllab-quvvatlash, mahalliy mahsulotlarni, jumladan, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlarni Janubiy Koreya bozoriga olib chiqish, shuningdek, reklama kampaniyalarini yaratish, bozor imkoniyatlarini o‘rganish va mahsulotlarning bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali ko‘lami va eksport nomenklaturasini kengaytirish, Janubiy Koreyada o‘tkaziladigan turli ko‘rgazmalarda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish kabilar kiradi.