23 Noyabr 2023

Shanxayda O‘zbekiston-Xitoy biznes muloqoti bo‘lib o‘tdi

2023-yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxayda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes muloqotida ishtirok etdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tadbirda 70 dan ortiq kompaniyalar, mamlakatimiz viloyatlari rahbariyati, vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida xitoylik tadbirkorlarga O‘zbekistondagi yangi tendensiyalar va investitsiyaviy imkoniyatlar haqida taqdimot o‘tkazildi hamda ular bilan bevosita muloqot qilindi.