29 Noyabr 2023

Shanxayda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Shanxayda “Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari” mavzuida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Tadbirda Xitoyning 70 dan ortiq yetakchi kompaniyalari, mamlakatimiz mintaqaviy rahbarlari, ikki mamlakat vazirlik va idoralari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Xitoylik ishbilarmonlarga O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, investitsiyaviy muhit va texnologik hamkorlik imkoniyatlari, turizm sohasidagi imkoniyatlar keng namoyish etildi.

Forum davomida Xitoy kompaniyalari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, ularning O‘zbekistondagi faoliyati bo‘yicha tajriba va fikrlari tinglandi. Hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lgan qator kompaniyalar rahbarlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O‘zbekiston sanoat boshqarmalari va viloyatlar hokimliklari vakillari Xitoyning yetakchi kompaniyalari – salohiyatli investorlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Shanxay ishbilarmon doiralarining o‘zbekistonlik hamkorlar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqishi ortdi.