31 Avgust 2023

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining oraliq majlisi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29-avgust kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekistonRespublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining (XIK) navbatdagi Oraliq majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi ISSV matbuot xizmati.

Unda yetakchi xorijiy investitsiya kompaniyalaridiplomatik missiyalarvazirlik va idoralar rahbarlarixalqaro moliya institutlari (XMI)ning jami 150 nafardan ko‘proq vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Oʻzbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi hamda XIK Ishchi guruhining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi investorlar bilan oʻtkazgan uchrashuvlarida bildirilgan masala va takliflar koʻrib chiqildiShuningdekjahon bozorlarida roʻy berayotgan investitsiyaviy tendentsiyalar va asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi hamda O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhitni yaxshilash borasidagi kompleks sa’y-harakatlariga baho berildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalarsanoat va savdo vaziri Laziz KudratovYeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis DrakinosXalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), PwC Uzbekistan vakillari va boshqa spikerlar so‘zga chiqdilar.

Laziz Kudratov o‘zining qutlov so‘zida O‘zbekiston investitsiya muhitini izchil yaxshilashtizimli tahlil natijalari asosida investorlar uchunyangi imtiyoz va preferensiyalarni joriy qilishularni manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirishjamiyatda investor va tadbirkorlarning manfaatlari yuqori darajada hurmat qilinadigan o‘zaro munosabatlar madaniyatini shakllantirishga qat’iy intilayotganini ta’kidladiKo‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiyalar defitsiti ortib borayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatiinvestitsiyaviy muhiti va ilg‘or savdo siyosati mamlakatimizning istiqbolli sarmoyadorlar uchun jozibador yo‘nalish sifatidagi maqomini yanada oshirdi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar e’tibori O‘zbekistonning investitsiya qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishxususiylashtirish jarayonlarini faollashtirishdavlat-xususiy sheriklikni rag‘batlantirish va yashil iqtisodiyot tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi faol  sa’y-harakatlariga qaratildi.

Shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish boʻyicha ishlar faollashgani va bu ham jahon standartlari va xalqaro hamkorlik etikasiga sodiqlikning ramzi ekanligi qayd etildiO‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, savdo imtiyozlarining faol joriy etilayotgani uning diversifikatsiyalashgan va barqaror iqtisodiy konsepsiyani hayotga tatbiq etayotgan mamlakat sifatida tan olinishiga hissa qoʻshmoqda.

Sessiya davomida “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonunning amaliy jihatlari, soliq ma’murchiligidagi ijobiy yangiliklar, investorlar bilan ishlash bo‘yicha “Yagona elektron darcha” platformasini joriy etish masalalari muhokama qilindi hamda “Toshkent” xalqaro moliya markazi loyihasi taqdim etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha tizimli takliflarni o‘z ichiga olgan Investorlar kengashining Oraliq majlisi Bayonnomasi imzolandi. Bundan tashqari, milliy qonunchilikni takomillashtirishda texnik va maslahat yordamini ko‘rsatishga qaratilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim qabul qilindi.