06 aprel 2023

Toshkentda “Caspian Energy Investment Forum Tashkent-2023” bo‘lib o‘tadi

2023-yil 17-may kuni Caspian Energy Club Toshkent shahrida “Caspian Energy Investment Forum Tashkent-2023” xalqaro investitsiya forumini o‘tkazadi.

“Caspian Energy Investment Forum Tashkent-2023” Oʻzbekistonning sarmoyaviy salohiyati (logistika, erkin iqtisodiy zonalar, yashil energiya tranziti, shuningdek, energiya xavfsizligi), oʻrta koridorni rivojlantirish, eksport-import imkoniyatlari, raqamli texnologiyalar kabi mavzularda tashkil etiladi va iqtisodiyot, Smart City modellari, Smart Village istiqbollari va turkiyzabon davlatlarning Yevropa bilan hamkorligi kabi mavzularga bag‘ishlanadi.

Forumni o‘tkazishdan maqsad forum ishtirokchilarining xalqaro aloqalarini o‘rnatish uchun shart-sharoitlar yaratishdir. Forumda Kaspiy, Qora dengiz va Boltiqboʻyi mintaqalari davlatlarining davlat idoralari va kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etadi.

“Caspian Energy Investment Forum Tashkent – ​​2023”da homiy yoki delegat sifatida ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.