19 Oktyabr 2023

Toshkentda O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumi hamda ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Unda tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar sanoatning istiqbolli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish,savdo hajmi ko’paytirish, shuningdek, tatar va o‘zbek tadbirkorlarini amaliy hamkorlikka jalb qilish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ikki davlatning o‘zaro hamkorlikni faollashtirish majburiyatini qayd etdilar.

Tadbir davomida B2B formatidagi uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi, unda tadbirkorlar hamkorlarga o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etib, eksport salohiyati va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.