2026-yil 22-avgust kuni Toshkent shahrida IV O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Mazkur forum O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylanib, ikki mamlakatning davlat organlari, investorlari va ishbilarmon doiralari vakillarini birlashtiradi.
Forumda Ozarbayjonning agrobiznes va oziq-ovqat sanoati, qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va raqamli yechimlar, logistika, sog‘liqni saqlash, energetika, sanoat ishlab chiqarishi, shuningdek professional va konsalting xizmatlari sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalari ishtirok etadi.
Forumda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.