Diplomatlar Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga tashrif buyurib, u yerda Tabriz Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Yunus Jaele bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriev hamraisligida mintaqadagi yetakchi kompaniyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etgan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, investor va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.
Eronlik ishbilarmonlar islohotlarni yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Shu munosabat bilan 2025-yilda Toshkentda Eron ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tabrizlik tadbirkorlar Eron biznesini qiziqtirgan istiqbolli loyihalar ro‘yxati bilan ham tanishdi. Ularga ushbu tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatlari taklif qilindi.