13 Iyun 2023

Savdo-sanoat palatasida Qatar elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 13-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Hasan Hamza Hoshim ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirib, Qatar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Davron Vaxabov Qatarning O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan, to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlikka tayyorligi haqida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunlari bo’yicha tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli natijalarga erishish masalalarini kelgusida batafsil muhokama qilishga kelishib oldi.