29 Noyabr 2023

SSPda Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 28-noyabr kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Hindistonning O’zbekistondagi elchixonasining elchi maslahatchisi Arif Said va Hindistonning Telangana shahri hokimiyati bo’limi boshlig’i Alagu Varshini bilan uchrashdi, deb xabar beradi SSP matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi to’qimachilik va farmasevtika sohasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator masalalar muhokama qilindi va kelgusida ikki davlat o’rtasida ushbu ikki sohani rivojlantirish bo’yicha takliflar berildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Hindiston vakillari tomonidan hunarmandchilik sohasi bo’yicha Farg’ona viloyati bilan hamkorlik rejalashtiriliyotgani qayd etildi va bu borada Palataning hududiy boshqarmasi ularga ko’mak berishiga kelishib olindi.