16 Oktyabr 2023

O‘zbekistonda yilning birinchi 8 oyida 520 ming tonnadan ortiq neft qazib olindi

Oʻzbekistonda yirik korxonalar tomonidan yanvar-avgust oylarida 520,3 ming tonna neft qazib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi muxbiri Statistika agentligi maʼlumotlariga tayanib.

2022-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 0,2 foizga oshdi. 2023-yil avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 64,3 ming tonna neft qazib olingan.

Bundan tashqari, shu davrda 3774,3 ming tonna ko‘mir qazib olindi. 2022-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 10,4 foizga oshdi. Avgust oyida yirik korxonalar tomonidan 673,7 ming tonna ko‘mir qazib olindi.