Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya poytaxtida ishchi tashrif bilan bo’lib turibdi, deb xabar beradi «Dunyo» axborot agentligi muxbiri.
Tashrif davomida yetakchi kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo’lib o’tmoqda. Xususan, hokim «Momiki Co. Ltd., Farmdo Group» va «Altay Trading» vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ilg‘or qayta ishlash, Quyosh fermasi loyihalarini amalga oshirish, dukkakli va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o’zaro manfaatli hamkorlik, qo’shma loyihalarni amalga oshirish va eksport salohiyatini kengaytirishning aniq yo’nalishlarini belgilab oldilar. Erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga hissa qo’shishi ta’kidlandi.