10 Noyabr 2023

Voltalia O‘zbekistonda ikkita elektrostansiya qurishga rozi bo‘ldi

Voltalia kompaniyasi O‘zbekiston hukumati bilan ikkita yashil energiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi, deb xabar beradi Spot Energy Storage News nashriga tayanib.

Tegishli hujjatlar imzolanishi bir hafta oldin, O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Qayd etilishicha, ikkala loyiha ham energiya saqlash tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Shunday qilib, Voltalia Navoiy shahri yaqinidagi Sho‘rko‘lda umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan gibrid elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha protokolni imzoladi. Bu borada dastlabki kelishuv o‘tgan yilning noyabr oyida, Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifidan so‘ng tuzilgan edi.

Elektr stansiyasi shamol stansiyasi va har biri 200 MVt quvvatga ega quyosh fotopanel fermasini birlashtiradi. Majmua 60 MVt quvvatga ega akkumulyator tizimi (umumiy quvvati 240 MVt/soat)ni ham o‘z ichiga oladi.

Avval xabar qilinganidek, “elektr klasteri” 2026-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Voltalia uni Markaziy Osiyodagi birinchi bunday inshoot deb atadi.

Ikkinchi elektr stansiyasi Xorazm viloyatining Sarimay shahrida quriladi. Voltalia 2022 yilda uning qurilishi bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi va 1 kVt/soat uchun 2,888 sent narx taklif qildi.

Dastlab 100 MVt quvvatga ega PV zavodi bo’lishi taxmin qilingan edi. Biroq hozirda loyiha quvvati 123 MVt ga oshdi va kompaniya bu yerda 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi va akkumulyator tizimini qurish bo‘yicha ham protokol imzoladi.

Iyul oyida Voltalia Toshkentda yangi ofisini ochdi. Marosimda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez ishtirok etdi.