Joriy yilning 18-aprel kuni Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov va Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi L.Marinich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ishbilarmonlik hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov bugungi kunda O‘zbekiston va Belarus Respublikasi biznes vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotganiga alohida to‘xtaldi.
Uchrashuvda, shuningdek, Innoprom doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Belarus biznes-forumini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar va ikki davlat ishbilarmon doiralarining oʻzaro tashriflarini faollashtirish zarurligi yuzasidan fikr almashdilar.