O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ikkinchi muloqoti 20-avgustdan 22-avgustga ko‘chirildi.
Bu haqida davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari bilan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ilk uchrashuvi o‘tgan yilning 20-avgust kuni bo‘lib o‘tgan edi. So’ng 20-avgust Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilindi. Prezident bunday uchrashuvlarni har yili o‘tkazib turishini ma’lum qildi.
Muloqot davomida tadbirkorlik sohasidagi muammo va vazifalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Tadbirkorlarning arizalari iyul oyi oxirigacha qabul qilindi.
Sherzod Asadovning aytishicha, tadbirkorlardan 8,5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning 72 foizi ijobiy yechim topgan.