11 Mart 2023

Yaponiyalik investorlar «Chirchiq» texnoparki bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2023-yilning 10-mart kuni Yaponiyaning «JapanDX» kompaniyasi vakillari Chirchiq kimyo-sanoat texnoparkiga yetib keldi, deb xabar beradi «Uzdaily.uz».

Uchrashuv davomida texnopark vakillari mehmonlarni tayyor ofis va ishlab chiqarish binolari bilan tanishtirdi.

«JapanDX» butun dunyodan investitsiyalar va odamlarni jalb qilgan holda Markaziy Osiyo hukumatlari va texnologik ekotizimlar bilan hamkorlikda moliyaviy tizimlarni yaratadi.