15 iyun 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va investitsiya fondlari bo‘yicha yuridik departamenti rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va investitsiya fondlari bo‘yicha yuridik departamenti rahbari Jonatan Teylor bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ISSV matbuot xizmati.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, DFC bilan strategik sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Muzokaralarda Qo‘shma investitsiya platformasini shakllantirish, uning doirasida ustuvor loyihalarni belgilash hamda ularni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida ikki tomonlama investitsiyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.