17 sentabr 2026

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Jahon iqtisodiy forumi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi

15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Jahon iqtisodiy forumi vakili Ditrix N. Jon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Tomonlar O‘zbekistonning Forum platformalaridagi ishtirokini yanada kengaytirish, jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiyaviy imkoniyatlar va istiqbolli iqtisodiy tashabbuslarni yetakchi xalqaro kompaniyalar hamda moliya institutlari orasida ilgari surish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston kompaniyalarining Forum tadbirlaridagi ishtirokini faollashtirish hamda global biznes yetakchilari, investorlar va strategik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar Jahon iqtisodiy forumi salohiyatidan O‘zbekistonning global iqtisodiy kun tartibidagi o‘rnini mustahkamlash va xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyati bilan aloqalarni kengaytirish maqsadida foydalanishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.