17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Siguler Guff & Company kompaniyasining mintaqaviy loyihalar rahbari Daniel Radchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda ISSV matbuot xizmati.
Tomonlar xalqaro kapitalni jalb etish hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Toshkent xalqaro moliya markazi salohiyatidan loyihalarni tuzilmalashtirish va investitsiyalarni jalb etishda foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqishni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.