09 Oktyabr 2023

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Elchisini qabul qildi

2023-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar beradi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.