20 April 2020

The President endorses the construction of innovative pharmaceutical cluster

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning videokonferensaloqa orqali ishtirokida 17-aprel kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri qurilishi boshlandi.

Ushbu maqsadda Zangiota tumanida jami 79 gektarlik yer maydoni ajratildi. Jami 14 ta investitsion loyiha amalga oshirish orqali mintaqada yagona zamonaviy farmatsevtika klasteri hamda 1700 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Klaster texnopark va sanoat zonasidan iborat bo‘ladi.

Texnopark hududida akademik, ilmiy hamda dori-darmonlar ishlab chiqararadigan sektorlar joylashadi. Xususan, bu yerda Farmatsevtika texnik universitetini tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu o‘quv dargohida dori vositalari, tibbiyot mahsulotlari va texnikalar, kosmetologiya va boshqa ashyolar ishlab chiqarish sohasida xalqaro ta’lim standartlari darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Sanoat zonasida yetakchi farmatsevtika kompaniyalarining innovatsion dori vositalari ishlab chiqarish maydonlari barpo etiladi.

Kelgusida bu yerda chet el klinikalari, tibbiyot markazlarini ochish, klasterning infratuzilmalarini yanada rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Koreya Respublikasi Eksimbankining Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik fondi bilan uzoq muddatli kredit yordamida klasterning ilmiy va ta’lim tuzilmalarini moliyalashtirish haqida kelishuvga erishildi.

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmats.

Tashkil etilayotgan klaster sohada o‘ziga xos birinchi “ilmiy shaharcha” bo‘lib, u butun tarmoq uchun mustahkam poydevor yaratadi. Unda xalqaro tajribani keng qo‘llash, xorijdan investitsiyalar va ilg‘or ilmiy ishlanmalarni jalb qilish, innovatsion yechimlar va yuksak texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan yurtimizda farmatsevtika rivojini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi.