“Asakabank” aksiyadorlik jamiyatini xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–149-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga ko‘ra, barcha bank amaliyotlari bozor (tijorat) tamoyillari, zamonaviy bank amaliyoti va xatarlarni boshqarish tizimi talablaridan kelib chiqqan holda bankning ichki siyosati asosida amalga oshiriladi.
Bankning asosiy faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan va qo‘shimcha yuklangan har qanday faoliyat turi va vazifalar bajarilishi to‘xtatiladi.
Aktivlar sifatini tahlil qilish natijalarini inobatga olgan holda bank aksiyalarining nominal qiymatini bozor qiymatiga moslashtirishda yuzaga kelgan tafovut uning qo‘shilgan kapitaliga kiritiladi.