30 Noyabr 2023

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi bilan uchrashdi

2023-yilning 29-noyabr kuni Skopye shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha Davlat kotibi etib tayinlangan Devid Kemeron bilan uchrashdi. Bu haqida TIV matbuot xizmati xabar beradi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Birlashgan Qirollik hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda mustahkamlash borasida kelgusidagi sa’y-harakatlar, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.