2024-yilning 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator masalalar muhokama qilindi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida yaqin aloqalarni o‘rnatish, ta’lim almashinuvini yanada kengaytirish, mintaqaviy rivojlanish va boshqa yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.